TASDIQLANGAN

«KARMON AI» Mas'uliyati Cheklangan Jamiyati

Direktorining 2026-yil 1 - fevraldagi

№ 15 - sonli Buyrug'i bilan

«KARMON AI» MOBIL ILOVASI VA VEB-SAYTIDAN FOYDALANISHDA SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH VA HIMOYA QILISH SIYOSATI

Mazkur Siyosat O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi O'RQ-547-sonli Qonuni, «Axborotlashtirish to'g'risida»gi Qonuni hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sohadagi tegishli qarorlari talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.

Mazkur hujjat «KARMON AI» MChJ (keyingi o'rinlarda – Operator) tomonidan jismoniy shaxslarning (keyingi o'rinlarda – Subyekt yoki Foydalanuvchi) shaxsga doir ma'lumotlarini yig'ish, tizimlashtirish, saqlash, o'zgartirish, to'ldirish, foydalanish, berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo'q qilish tartibini belgilaydi.

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Mazkur Siyosat Operatorning barcha xizmatlariga, xususan «Karmon AI» mobil ilovasi va veb-saytiga (keyingi o'rinlarda – Platforma) nisbatan tatbiq etiladi.

1.2. Foydalanuvchi Platformada ro'yxatdan o'tish jarayonida «Men Maxfiylik Siyosati bilan tanishdim va unga roziman» bandiga belgi qo'yish orqali o'zining shaxsga doir ma'lumotlarini qayta ishlashga ixtiyoriy, aniq va ongli ravishda rozilik bergan hisoblanadi.

1.3. Ushbu Siyosat Platformada e'lon qilingan paytdan e'tiboran kuchga kiradi va barcha Foydalanuvchilar uchun majburiy hisoblanadi.

2-BOB. ASOSIY TUSHUNCHALAR

2.1. Mazkur Siyosatda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi:

Shaxsga doir ma'lumotlar – muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo'lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron, qog'oz va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot;

Operator – shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash maqsadlari va vositalarini belgilovchi yuridik shaxs – «KARMON AI» MChJ;

Ma'lumotlar bazasi – shaxsga doir ma'lumotlarni o'z ichiga olgan axborot tizimi;

Uchinchi shaxs (Protsessor) – Operator bilan tuzilgan shartnoma asosida ma'lumotlarni texnik jihatdan qayta ishlovchi yoki saqlovchi yuridik shaxs (xususan, «DEVHUB» AJ).

3-BOB. QAYTA ISHLANADIGAN MA'LUMOTLAR TARKIBI

3.1. Operator o'z majburiyatlarini bajarish doirasida Subyektning quyidagi ma'lumotlarini qayta ishlaydi:

Identifikatsiya ma'lumotlari: Familiya, ism, otasining ismi (F.I.Sh), mobil telefon raqami, elektron pochta manzili, tug'ilgan sana, jinsi, fotosurat (avatar);

Moliyaviy ma'lumotlar: Daromad va xarajatlar tarixi, bank kartalarining niqoblangan raqamlari (PAN), tranzaksiyalar tarixi, fiskal cheklar ma'lumotlari;

Texnik ma'lumotlar: IP-manzil, qurilma modeli (Device ID), operatsion tizim versiyasi, geolokatsiya ma'lumotlari (faqat ruxsat berilganda), cookie-fayllar.

4-BOB. MA'LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH MAQSADLARI

4.1. Shaxsga doir ma'lumotlar quyidagi aniq maqsadlarda qayta ishlanadi:

  • Foydalanuvchiga Platformaning to'liq funksionalidan (moliyaviy hisob, tahlil, rejalashtirish) foydalanish imkoniyatini yaratish;
  • Sun'iy intellekt (AI) texnologiyalari yordamida moliyaviy maslahatlar va prognozlarni shakllantirish;
  • Axborot xavfsizligini ta'minlash va firibgarlik (anti-fraud) holatlarini aniqlash;
  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini (soliq, buxgalteriya, jinoiy faoliyatga qarshi kurashish) bajarish.

5-BOB. MA'LUMOTLARNI SAQLASH VA HIMOYA QILISH TARTIBI

5.1. «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonunning 27-1-moddasi talablariga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma'lumotlari jismoniy jihatdan O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan serverlarda saqlanadi.

5.2. Operator ma'lumotlarni saqlash va server infratuzilmasini ta'minlash uchun «DEVHUB» AJ ma'lumotlar markazi xizmatlaridan foydalanadi. Bunda ma'lumotlarning maxfiyligi va butunligi uchun Foydalanuvchi oldida Operator («KARMON AI» MChJ) bevosita javobgar hisoblanadi.

5.3. Ma'lumotlar bazasi ruxsatsiz kirishdan quyidagi usullar bilan himoyalanadi:

  • Ma'lumotlarni uzatishda kriptografik shifrlash (SSL/TLS);
  • Ma'lumotlar bazasida AES-256 standarti bo'yicha shifrlash;
  • Ikki bosqichli autentifikatsiya tizimi.

6-BOB. MA'LUMOTLARNI UCHINCHI SHAXSLARGA BERISH

6.1. Shaxsga doir ma'lumotlar uchinchi shaxslarga berilmaydi va tarqatilmaydi, quyidagi hollar bundan mustasno:

  • Subyektning roziligi mavjud bo'lganda;
  • Sud, prokuratura, tergov va surishtiruv organlarining qonuniy yozma talabnomalari mavjud bo'lganda;
  • Platforma faoliyatini ta'minlovchi texnik hamkorlar (SMS-agregatorlar, to'lov tashkilotlari) bilan shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun zarur bo'lgan minimal hajmda.

7-BOB. SUN'IY INTELLEKT (AI) VA TRANSCHEGARAVIY UZATISH

7.1. Foydalanuvchiga moliyaviy tahlil xizmatlarini ko'rsatish maqsadida ma'lumotlar Sun'iy intellekt (LLM) modellariga yuborilishi mumkin. Bunda barcha ma'lumotlar qat'iy ravishda egasizlantirilgan (anonim) shaklda uzatiladi.

7.2. Platforma sifatini yaxshilash maqsadida foydalaniladigan tahliliy tizimlar (Google Analytics, Firebase va b.) doirasida shaxsni identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan texnik ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga uzatilishi mumkin.

8-BOB. SUBYEKTNING HUQUQLARI

8.1. Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:

O'zining shaxsga doir ma'lumotlariga kirish va ularni olish;

Noto'g'ri yoki eskirgan ma'lumotlarga o'zgartirish kiritishni talab qilish;

Ma'lumotlarni qayta ishlashga berilgan rozilikni chaqirib olish va ma'lumotlarni o'chirib tashlashni talab qilish («Unutilish huquqi»).

8.2. Ma'lumotlarni o'chirish to'g'risidagi so'rov Operator tomonidan 10 (o'n) ish kuni ichida qanoatlantiriladi, qonunchilikda saqlash majburiyati yuklatilgan hollar bundan mustasno.

9-BOB. YAKUNIY QOIDALAR

9.1. Mazkur Siyosat talablari buzilishida aybdor bo'lgan shaxslar O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo'ladilar.

9.2. Operator Siyosatga bir tomonlama o'zgartirish kiritish huquqiga ega. O'zgartirishlar kiritilganda, bu haqda Platforma orqali rasmiy xabarnoma beriladi.

OPERATOR HAQIDA MA'LUMOTLAR:

«KARMON AI» Mas'uliyati Cheklangan Jamiyati

STIR (INN): 311 777 063

Yuridik manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Chuvalachi MFY, Mehribon ko'chasi, 52-uy.

Ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha mas'ul shaxs: Xalloqov Xabibulloh Sherali o'g'li.

Elektron pochta: info@karmon.ai / k.khallokov@karmon.ai

Telefon: +998 20 005 24 66